Bektemirda «Damas» yo‘lovchisi yonidan marixuana topildi

Jamiyat 18:48 / 16.06.2017 9286

2017 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 11:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Bektemir tumanidagi YPX maskanida «Damas» rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, yo‘lovchi, muqaddam sudlangan Krivshich Pyotr Yurevichning yonida og‘irligi 343,53 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda qo‘p miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: