Amazon kompaniyasi Whole Foods Market savdo tarmog‘ini 13,7 mlrd dollarga sotib olmoqchi

Iqtisodiyot 20:39 / 16.06.2017 5388

AQShning Amazon kompaniyasi Whole Foods Market supermarketlari tarmog‘ini 13,7 mlrd dollarga sotib olmoqchi. Bu haqda Amazon xabarida ma'lum qilindi.   

Kompaniyaning ta'kidlashicha, Whole Foods Market o‘z savdo markasi ostida ishlashda davom etaveradi. Supermarketlar tarmog‘i rahbari Jon Meki direktor bo‘lib qolaveradi, kompaniya bosh qarorgohi ham avvalgi joyida – Ostin shahrida qoladi. 

Bitim tartibga soluvchi idoralar va Whole Foods Market aksiyadorlari tomondan ma'qullanishi kerak. Bitim 2017 yil 2-yarmida yopilishi kutilmoqda.

Amazon Sietl shahrida joylashgan va internet orqali savdo qilish hajmi bo‘yicha eng yirik kompaniyalar qatoriga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: