Turkiyada BMT sudyasi 7,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Jamiyat 17:19 / 15.06.2017 3707

Turkiyada Xalqaro tribunallar uchun Xalqaro qoldiq mexanizmi (XTXQM) sudyasi Oydin Sefa Akay 7,5 yillik qamoqqa hukm etildi. Bu haqda muassasaning o‘zi xabar berdi.

"Anqaradagi birinchi instansiyada jinoiy sud uni yagona ayblov bandi – “Fathullohchilar terrorchilik tashkiloti”ga a'zolik bo‘yicha aybdor deb topdi”, - deya qayd etib o‘tishdi XTXQMda. Mexanizm ma'lumotlariga ko‘ra, hukm “milliy va xalqaro darajada qayta ko‘rib chiqilishi kerak, hamda ushbu bosqichda yakuniy xarakterga ega emasdir”. Ayni damda Oydin Sefa Akay apellyatsiyani kutish davomida vaqtinchalik ozod etildi, shu bilan birga, Turkiya hukumati uning pasportini olib qo‘ygan va mamlakatni tark etishni taqiqlab qo‘ydi.

"2016 yilning sentabrida sudyaning hibsga olinishi, qamoqda saqlanishi va unga nisbatan protsessual harakatlar BMT sudyalariga berilgan diplomatik daxlsizlikka ziddir", - deya ta'kidlab o‘tishdi XTXQM.

Oydin Sefa Akay – Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunal tomonidan ko‘rib chiqilishi yakuniga yetmagan ishlardan biri bo‘yicha apellyatsiya palatasi a'zodir. Sudya Turkiyada 2016 yilning 21 sentabr kuni, iyul hodisalariga aloqadorlikda gumonlanib ushlandi. 

Turkiyadagilarning fikricha, XTXQM xatti-harakatlari bilan o‘z mandati doirasidan chiqmoqda va mamlakatning ichki ishlariga aralashishga urinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: