Turkiya Suriya bilan chegarada 700 kilometrlik devor qurdi

Jahon 15:14 / 15.06.2017 11524

Turkiya Suriya bilan chegara bo‘ylab 700 kilometrlik devorni o‘rnatish ishlarini yakunladi. Bundan maqsad – terrorchilarning mamlakat hududiga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, deb xabar bermoqda Hurriyet.

To‘siqlarda yaqin vaqt ichida yoritish tizimlari, sensorli detektorlar va kuzatuv kameralari o‘rnatiladi. Chegarachilar ishiga dronlar ham yordam berib boradi.

Avvalroq Turkiya Eron bilan chegarada ham devor qurish niyatida ekani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: