Toshkentda 6 ming dollarga OTMga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Jamiyat 13:24 / 15.06.2017 16932

2015 yilning 20 iyul kuni, Yakkasaroy tumani hududida, muqaddam sudlangan Husniddin Jumanazarovich Tohirov tanishi Hafiza Bo‘ronovaning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, uning jiyanini oliy o‘quv yurtiga kiritib qo‘yishini va'da qilib, undan 6.000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olib, shaxsiy maqsadlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar tarqatdi.

Shundan so‘ng, Bo‘ronova ikki yil davomida Tohirovdan pullarini qaytarib berishini talab qilganida, u turli xil bahonalar bilan aldab kelganligi sababli, Bo‘ronova aldanib qolganligini anglab yetib, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yordam so‘rab ariza bilan murojaat etgan. 

Bo‘ronovaning arizasiga ko‘ra 2017 yilning 9 iyun kuni, Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi «b» bandi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan xavfli retsidivist tomonidan sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: