Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan mintaqalararo hamkorlik haqidagi kelishuvni tasdiqladi

O‘zbekiston 20:45 / 15.06.2017 26748

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining qarori bilan mintaqalararo hamkorlikka ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo kelishuvini tasdiqladi. Hujjat matni 15 iyunda chop etildi.    

Ushbu hujjat Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi vaqtida 5 aprelda imzolangandi.   

Mirziyoyev O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoniga O‘zbekiston tomondan ushbu xalqaro kelishuvning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan barcha ichki jarayonlar bajarilgani haqidagi tegishli bildirishnomani yuborishni tayinlagan. 

Hujjat "Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, turizm va ekologiya sohalarida hamda o‘zaro manfaatlarga mos keluvchi boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish" maqsadida imzolangan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekistonga Rossiyaning 113 ta kompaniyasi va 23 ta mintaqasi vakillarining biznes-delegatsiyalari ikki tomonlama yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun tashrif buyurishgan. Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, rossiyalik tadbirkorlarning O‘zbekistonga tashriflari davomida Rossiyaga meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi mashinasozligida sanoat kooperatsiyasini tiklashni boshlash bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.  

Ko‘proq yangiliklar: