Poroshenko Donbassga tashrif buyurdi

Jahon 00:30 / 15.06.2017 19651

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbassga tashrif buyurdi va agar hukumat jangovar operatsiyani bekor qilsa hamda harbiylarga "tajovuzkor sharoitlarda adekvat harakat qilishga izn bermasa", unda mamlakat "himoyasiz qolishini" aytdi. "Agar biz aksilterrorchilik operatsiyasini bekor qilsak va shu bilan birga harbiylarga tajovuzkor sharoitlarda adekvat harakat qilishga ruxsat bermasak, Ukrainani himoyasiz qoldiramiz", deb aytgan Poroshenko.

Poroshenko Minsk kelishuvlari bilan mustahkamlangan sharoitlarga asoslangan va Kiyevga hududlarning qaytarilishi bo‘yicha bir qator choralarni ko‘zda tutuvchi, Donbassni reintegratsiyalash (qaytarish) qonuni loyihasini ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi. 

Ko‘proq yangiliklar: