LG yangi LG P Veyron muzlatgichini taqdim etadi

Fan-texnika 11:14 / 15.06.2017 7715

Statistikaga ko‘ra, yosh kelin-kuyovlarning 80 foizdan ortig‘i birgalikdagi hayotni muzlatgichni xarid qilishdan boshlaydi. Shu bilan birga, ruhshunoslarning fikricha, muzlatgich o‘ziga tortuvchi markazdir: kishida qon aylanishi kuchayadi, ko‘z qorachiqlari kengayadi hamda fikrlash qobiliyati yaxshilanadi. Va albatta, ishtaha ochiladi!

LG kompaniyasi O‘zbekiston bozorida yangilik - P Veyron seriyasidagi muzlatgichni taqdim etmoqda. Uning noyobligi va o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat ekanini maqolada ko‘rib chiqamiz.

Muzlatgichni xarid qilish – kelajak, Sizning oilangiz barcha a'zolari sog‘lig‘iga sarmoyadir. Agarda avval bunday uskuna faqatgina o‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri funksiyasi – sovutish maqsadida xarid qilingan bo‘lsa, bugungi kunda u o‘ziga xos bezak buyumiga, eng ko‘rinarli joyga qo‘yib qo‘yish mumkin bo‘lgan narsaga aylandi.

LG’ning P Veyron seriyasidagi SidebySide shaklida bo‘lgan hamda Door-in-Door (SM) (eshikdagi eshik) ilg‘or texnologiyasi va 601 litrli hajmga ega bo‘lgan yangi muzlatgich Sizga doimiy ravishda foydalanishdagi qulaylik, mahsulotni saqlashga bo‘lgan ishonch va intererni yanada go‘zallashtirish imkonini taqdim etadi. Bu dispenserga ega yangi premial dizayn, eshikdagi eshik modernizatsiyalangan innovatsiyasi va to‘rtburchak shakldagi yashirin tutqich tufaylidir.

P Veyron muzlatgichi Inverter Linear Compressor texnologiyasi tufayli energo samaradorlikning yuqori darajasi A+++’ga ega, bu esa boshqa modellardan 10 foizga ko‘proq, degani. Invertorli kompressor oddiysiga qaraganda energiyani ko‘proq tejaydi, bu mexanik tuzilish 32 foizdan ortiqqa o‘zgargani hisobidan amalga oshirilgan. Motordagi ehtiyot qismlarning kichraytirilishi shovqinsiz ishlashni kafolatlaydi. VDE kompaniyasi sertifikati esa, LG chiziqli kompressori 20 yilga qadar ishlashi va shovqin darajasini 25 foizga kamaytirishi mumkinligini bildiradi. Bu esa, Siz uning ishonchililigiga to‘la amin bo‘lishingizni anglatadi! Sinovlar natijalariga ko‘ra, yeyilish tezligi oddiy kompressor bilan taqqoslaganda 64 foizga kamroqdir. Bundan tashqari, LG kompaniyasi bunday kompressorga 10 yil kafolat taqdim etadi.

LG Door-in-Door (SM) patentlangan texnologiyasi Interteck sinovi ma'lumotlariga ko‘ra, nafaqat foydalanuvchilarga ko‘proq ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini tezroq olish imkonini beradi, balki sovuq havoning yo‘qotish hajmini 46,5 foizga kamaytiradi. LG P Veyron’da yangi noyob ingichka ramkali konstruksiya va izolyatsiyaning alohida texnologiyasi sabab ichki bo‘shliq maksimal darajada oshirilgan, tashqisi esa minimumga qadar kamaytirilgan.

Eshikdagi eshikning uzunligi va kengligi ortdi hamda eshik qutisida qo‘shimcha joy hajmi avvalgi modellar bilan solishtirganda 9 foiz va 6,2 litrga ko‘paydi. Ko‘paygan bo‘shliq o‘z ichiga maxsus saqlash bo‘yicha qo‘shimcha joyni ham qamrab oladi. Yangilikning o‘ziga xos jihatlaridan yana biri, Door-in-Door’da (SM) tashqi eshikda souslar va ichimliklarni saqlash uchun uchta savat borligida.

LG P Veyron’ning yana bir ustun tomoni, suvga ulanmaydigan tizimdir. U muzlatgichni uyning istalgan yerida o‘rnatish imkonini beradi. Katta hajmdagi bak muzlatgich bo‘linmasiga joylashtirildi, bu uni to‘ldirish va eshik savatlarida saqlash uchun ko‘proq joy taqdim etishda ko‘mak beradi. Shu tariqa, Siz ancha salqin suvni istalgan vaqtda ichishingiz mumkin. Uning uchun yangi rezervuar suvni birdaniga quyishda qulaylik tug‘diradigan qilib ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, LG muzlatgichi Sizga nafaqat suv, balki muzlik bo‘lakchalarini ham berishi mumkin. Unda 4 litrli suv uchun bak quvvati bor. Ichki bo‘shliqni maksimal darajada yaxshilash uchun muz generatori ichki tokcha emas, balki eshikda joylashtirilgan. Shu tariqa, Siz muzlatish xonasini to‘laqonli ishlatishingiz mumkin.

Muzlatgichdagi tozalik va gigiyenik filtratsiyani HygieneFresh+ ta'minlaydi, u bakteriyalarni yo‘qotish uchun ishlab chiqilgan, shuningdek, yoqimsiz hidlarni ham bartaraf qiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: