Infografika: Dunyoning eng yirik 100 kompaniyasi tushumi va daromadi o‘rtasidagi farq

Iqtisodiyot 11:16 / 15.06.2017 12170

Venture Capitalist loyihasi dizayner Ishtyaq Habibning interaktiv infografikasini e'lon qildi. U Forbes jurnali tasnifi bo‘yicha 2016 yilning eng yirik 100 kompaniyasi moliyaviy ko‘rsatkichlarini aks ettiradi. 

Katta aylana tushumni bildirsa, aylana markazidagi rangli nuqtacha daromadni bildiradi. Chevron va Glencore kabi energetika kompaniyalarining markazidagi nuqta rangsiz bo‘lib, bu mazkur biznes zarar ko‘rayotganini anglatadi. 

2016 yil yakuniga binoan, Apple kompaniyasi foydasi 45 mlrd dollarni tashkil etadi. Kompaniya bu ko‘rsatkich bo‘yicha Uorren Baffetning Berkshire Hathaway xoldingi (24 mlrd dollar), aktivlari bo‘yicha eng yirik Amerika banki JP Morgan Chase (24 mlrd), Wells Fargo moliyaviy tashkiloti (22 mlrd) va Alphabet (19 mlrd) korporatsiyalari natijalarini ortda qoldiradi.

Apple bilan daromad borasida bellasha oladigan kompaniyalar Xitoyga tegishli. Bular ICBC (42 mlrd), China Construction Bank (35 mlrd) yoki Agricultural Bank of China (28 mlrd) banklaridir. 

Apple kompaniyasining tushumi Coca-Cola (41,5 mlrd) yoki Facebook (27,6 mlrd) tushumlaridan ko‘proqdir. Tushum yetakchisi bo‘lgan Amerikaning chakana savdo kompaniyasi Walmart (485 mlrd dollar), sof foyda masalasida Apple (14 mlrd dollar) kompaniyasiga imkoniyatni boy bermoqda.

Amazon kompaniyasi 427 mlrd dollarlik bozor qiymati hamda 136 mlrd dollarlik tushumga ega bo‘lganiga qaramay, uning sof daromadi Apple kompaniyasining foydsidan 22,5 marta kamroqni, ya'ni 2 mlrd dollarni tashkil etadi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: