Xitoy Emirates’ga mamlakat hududida faoliyatini kengaytirishni taqiqladi

Jamiyat 09:46 / 15.06.2017 4544

Xitoy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi qarorgohi Dubayda joylashgan Emirates aviakompaniyasiga mamlakatda yangi yo‘nalishlar ochish va o‘z flotini kengaytirishni taqiqladi. Bu ikki reysdagi qoidabuzarlik sabab yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Xabarga ko‘ra, aprelda ichki reysni amalga oshirayotgan samolyotlardan biri balandlik rejimini buzgan. Ikkinchi qoidabuzarlik esa mayda ro‘y berdi – uchuvchilar dispetcherlik markazi bilan ma'lum muddat aloqaga chiqishmagan.

Taqiq olti oy davomida amal qiladi. Bundan tashari, aviakompaniya 4,3 ming dollarlik jarima to‘lashga majbur.

Ko‘proq yangiliklar: