13 iyun kuni Toshkentda yuz bergan yo‘l-transport hodisalari 

O‘zbekiston 11:34 / 15.06.2017 11908

2017 yilning 13 iyun kuni, Toshkent shahri hududida 1 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 1 nafar shaxs tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan jami 2723 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 762 tasini qo‘pol turdagi, 4 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan jami 1094 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 638 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 456 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: