Jahon banki Afg‘onistonga 500 mln dollardan ko‘proq grant ajratilishini ma'qulladi

Iqtisodiyot 09:32 / 14.06.2017 3401

Jahon banki Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun unga 500 mln dollardan ko‘proq grant ajratilishi rejasini ma'qulladi. Bu haqda bank bayonotida aytilgan.

"Reja Afg‘onistonga qochqinlar bilan bog‘liq vaziyatda yordam beradi, nochorlar uchun xususiy sektorning  imkoniyatlarini kengaytiradi, beshta shahar rivojlanishini tezlashtiradi, elektrlashtirish ko‘lamini kengaytiradi, oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilaydi va qishloq yo‘llari qurishda yordam beradi", deb aytilgan bayonotda. 

Ta'kidlanishicha, bu grantlarning ma'qullanishi Jahon bankining Afg‘oniston xalqiga jiddiy muammolarni yengishda yordam berishga sodiqligini tasdiqlaydi. 

Ko‘proq yangiliklar: