Turk deputati davlat sirini oshkor qilganlik uchun 25 yilga qamaladigan bo‘ldi

Jahon 20:33 / 14.06.2017 5747

Turkiyaning asosiy muxolif partiyasi Xalq-respublikasi partiyasi deputati Enis Berbero‘g‘lu davlat sirini oshkor qilganlik uchun 25 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda suddagi manbaga iqtibos keltirgan holda NTV telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Berbero‘g‘lu Milliy razvedka tashkilotining (MIT) Suriyaga ketayotgan yuk mashinalarini tintishda ayblanmoqda.

Yuk mashinalari bilan bog‘liq voqea harbiylar 2014 yil yanvarda Adana viloyatida MIT’ga tegishli bo‘lgan va Turkiya-Suriya chegarasiga ketayotgan yuk mashinalarini ko‘zdan kechirishganda yuz bergan. Cumhuriyet nashri yuk mashinalari tintuv qilinayotgan vaqtdagi surat va videolarni chop etgan. Foto va videomateriallarda artilleriya snaryadlari, minalar va boshqa o‘q-dorilar solingan qutilarni ko‘rish mumkin bo‘lgan. Turkiya hukumatining aytishicha esa yuk mashinalar suriyalik turkmanlarga "logistik va gumanitar yordam" olib ketayotgan bo‘lgan. Yuk mashinalarini tintuv qilish ishi bo‘yicha 17 nafar turk harbiysi hamda Adana viloyati jandarmeriyasining sobiq boshlig‘i va sobiq bosh prokurori hibsga olingan. 

Ushbu ishga aloqador bo‘lgan Berbero‘g‘lu sud hukmi chiqarilishi bilan hibsga olindi. Xalq-respublikasi partiyasi rahbari Kemal Qilichdaro‘g‘lu Berbero‘g‘luning hibsga olinishi munosabati bilan partiya ijroiya qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishini chaqirtirishini e'lon qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: