Toshkentda «Lasetti» avtomashinasi haydovchisining yonidan marixuana topildi

Jamiyat 14:48 / 14.06.2017 10198

2017 yilning 12 iyun kuni taxminan soat 14:30larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Bektemir tumanidagi YPX maskanida, «Lasetti» rusumli avtoulov ko‘zdan kechirilganda, avtomashina egasi Raimjon Zikrillayevich Djalilov yonida og‘irligi 2,1 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: