"Manchester Yunayted" "Benfika" himoyachisi Viktor Nilsson-Lindelyof bilan 4 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda mankunianliklar sayti ma'lum qildi. Shartnomada uni yana bir yilga uzaytirish imkoni ham kiritilgan.
Viktor Nilsson-Lindelyof "MYu"ning AQShdagi turnesida debyut qiladi.
Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino futbolchi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Viktor – juda iqtidorli yosh o‘yinchi. Uni "Yunayted"da yorqin kelajak kutmoqda. Viktor "MYu"ning ilk yozgi xaridi bo‘ldi. Bizning fantastik jamoamiz uni yaxshi qabul qiladi", – dedi Mourino.
22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatida 32ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan.