Eron jahon chempionatiga chiqdi

Sport 00:02 / 13.06.2017 50211

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turini Tehronda Eron termasiga qarshi o‘tkazdi.  “Ozodi” stadionida bo‘lib o‘tgan bellashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Stanislav Andreyev oyog‘ini noqulay tarzda qayirib oldi va maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Davron Xoshimov tushdi.  23-daqiqada Sardor Azmun darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi – 1:0. Birinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi va jamoalar tanaffusga Eronning kichik ustunligida chiqib ketdi.

Ikkinchi  bo‘lim boshida, aniqrog‘i, bellashuvning 48-daqiqasida bosh hakam Aleksandr Lobanov darvozasi tomon penalti belgiladi. Eron termasi sardori Mas'ud Shojayi 11 metrlik zarbasini aniq ijro eta olmadi. O‘yin yakunida, ya'ni, 88-daqiqada Mehdi Tarimi hisobni oshirdi – 2:0. Uchrashuv aynan shu hisobda tugadi.  

Mazkur g‘alabadan keyin Eron terma jamoasi ochkolari sonini 20 taga yetkazib, Osiyodan birinchi, jahon miqyosida esa Braziliyadan keyin ikkinchi bo‘lib JCh–2018 turniriga yo‘llanma oldi.  O‘zbekiston termasi 12 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi.

JCh–2018 saralashi
Tehron, “Ozodi”
12 iyun, dushanba
Eron – O‘zbekiston 2:0 (1:0,
1:0)
Gollar: 
Sardor Azmun (23), Mehdi Tarimi (88)
Amalga oshirilmagan penalti: Mas'ud Shojayi (50)
Eron: Alirizo Beiranvand, Milod Muhammadi, Jalol Hussayni, Said Izzatullohi, Mas'ud Shojayi (Ashkan Dejaga, 70), Murtazo Puraliganji, Ali Karimi, Mehdi Taremi (Rizo G‘ochannajod, 90), Alirizo Jahonbaxsh (Vohid Amiri, 45), Ramin Rezoian, Sardor Azmun.
O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev (Davron Xoshimov, 6), Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Akmal Shorahmedov, Vadim Afonin (Sardor Rashidov, 53), Aziz Haydarov, Igor Sergeyev, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Jaloliddin Masharipov, 65).
Ogohlantirishlar: Sardor Azmun (75) – Vadim Afonin (28), Davron Xoshimov (90).

Ko‘proq yangiliklar: