Samarqand viloyati hokimi ishdan olindi

O‘zbekiston 17:50 / 12.06.2017 141686

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi vaqtida Samarqand viloyati hokimi Himmat Qo‘chqorovich Oqbo‘tayev lavozimidan ozod etildi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish vaqtida Samarqand viloyatida qator sohalarda, jumladan, moliya va soliq tizimidagi kamchiliklarni sanab o‘tgan.

Qayd etish joiz, Shavkat Mirziyoyev 10 iyun kuni Samarqand viloyatida bo‘lib, viloyatdagi qurilish ishlari bilan tanishgan, dalalarda  fermerlar bilan uchrashgan edi.

Ma'lumot uchun, Oqbo‘tayev o‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangandi. U viloyatining avvalgi hokimi Zoyir Mirzayev bosh vazir o‘rinbosari hamda respublika qishloq va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlangach, uning o‘rnida ish boshlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: