Turkiya yaqinida 6,4 magnitudali zilzila qayd etildi 

Jahon 20:26 / 12.06.2017 6782

Turkiyaning g‘arbiy sohili yaqinida 6,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda 12 iyunda Yevropa seysmologiya markazi saytida chop etilgan xabarda aytildi.

Ta'kidlanishicha, zilzila markazi Turkiyaning Izmir viloyatidan shimolga tomon 87 km uzoqlikda, o‘chog‘i 8 km chuqurlikda bo‘lgan.

The Independent nashri ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila shuningdek Gretsiyaning Lesbos orolida ham sezilgan. Jabrlanganlar va vayronalar haqida ma'lumot berilmagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: