Honor 9: Huawei'ning byudjyet flagmani rasman namoyish etildi

Fan-texnika 19:38 / 12.06.2017 9839

Huawei kompaniyasi subbrend ostida yangi smartfoni - flagman xususiyatlarga ega Honor 9'ni namoyish qildi. Bu haqida Hi-Tech'da xabar berildi. 

Yangi smartfon tashqi ko‘rinishidan avvalgi avlod - Honor 8'ga o‘xshab ketadi. Orqa tomonida tovlanuvchi shisha, asosi esa - metall ramka. Biroq barmoq izlari skaneri avvalgilari kabi orqa tomonida emas, displey ostiga joylangan.

Honor 9 smartfoni 12 va 20 Mp'li ikki kameraga ega, ulardan biri - oq-qora. Monoxrom sensor tasviri suratni yanada yuqori dinamik diapazonda olish imkonini beradi. 

Yangi smartfonning asosiy ustunligi - uning narxida. Xitoy bozorida 4/64 Gb'li asos model 2299 yuan atrofida bo‘lsa, 6/64 Gb'li Honor 9 smartfoni 2599 yuanga,  6/128 Gb — 2999 yuanga baholandi.

Honor 9'ning xususiyatlari:
⦁    Displey: 5,15 dyuym, Full HD, IPS;
⦁    Protsessor: Kirin 960 — 4 yadro Cortex A53, 1,8 GGts'da + 4 yadro Cortex A73 2,4 GGts'da;
⦁    Kamera: asosiy ikki 12 + 20 Mp, f/2,2 va frontal 8 Mp, f/1,9;
⦁    Xotira: operativ 4/6 Gb va ichki 64/128 GB;
⦁    Akkumulyator: 3200 mAs Super Charge 3.0 tezkor zaryadli;
⦁    Tizim: Android 7.1.1, EMUI 5.1;
⦁    O‘lchamlari: 147,3 x 70,9 x 7,45 mm, 155 g.

Ko‘proq yangiliklar: