General Electric bosh direktori o‘z lavozimini tark etadi

Iqtisodiyot 19:04 / 12.06.2017 4976

Jyeff Immelt Amerikaning General Electric (GE) korporatsiyasi bosh direktori lavozimini tark etmoqda. Bu haqda kompaniya saytiga joylangan matbuot relizida ma'lum qilindi

Uning o‘rnini shu kunga qadar GE Healthcare rahbari vazifasini bajargan Jon Flenneri egallaydi. Manbaga ko‘ra, u joriy yilning 1 avgust kuni kompaniya bosh direktori lavozimiga kirishadi. 

Jyeff Immelt

Immelt 31 dekabrgacha GE direktorlar kengashining raisi bo‘lib qoladi, shundan so‘ng uni Flenneri boshqaradi. 

General Electric - ko‘p turdagi, jumladan transport, energetika va tibbiyot sohasidagi texnikalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi keng tarmoqli korporatsiya.

Ko‘proq yangiliklar: