Eron yadroviy reaktorlarda ishatiluvchi 20 tonna og‘ir suvni xorijga jo‘natadi 

Jahon 19:40 / 12.06.2017 7253

Eron yaqin orada mamlakatda ishlab chiqarilgan 20 tonna og‘ir suvni xorijga jo‘natadi. Bu haqda MAGATE bosh direktori Yukiya Amano ma'lum qildi. 

"Qayergalini ayta olmayman. Biroq, tushunishimizcha, 20 tonna og‘ir suv yaqin orada jo‘natiladi", deb aytdi Amano jurnalistlarga.

Og‘ir suv yadroviy reaktorlarning ba'zi turlarida neytronlar sekinlashtirgichi sifatida qo‘llanadi. Og‘ir suvda ishlovchi reaktorlarda tabiiy uranni boyitmay, qurol plutoniysi olish mumkin.

Bir hafta oldin Eron MAGATEga yadroviy dastur kelishuvi doirasida og‘ir suv zaxiralari limiti oshib ketmasligi uchun uni xorijga jo‘natishini ma'lum qilgandi.  

Iyun boshida Reuters axborot agentligi MAGATEning har choraklik hisobotiga iqtibos keltirgan holda Eronda og‘ir suv zaxiralari 16 may holatiga ko‘ra 130 tonna limitda 128,2 tonnani tashkil qilganini ma'lum qilgandi. Avvalroq MAGATE hisobotida Eron tomondan belgilangan limitdan o‘tib ketilgani ta'kidlab o‘tilgandi.  

Eron xalqaro hamjamiyat bilan kelishuvga ko‘ra, og‘ir suvni Araqdagi modifikatsiyalashgan reaktorda ishlatishi mumkin, biroq uning ortiqchasini va boyitilgan uranni bozorda sotishi kerak.

Avvalroq Eron Rossiyaga 38 tonna og‘ir suv jo‘natgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: