Anqara elchi Karlovning o‘ldirilishida Gulen tarafdorlarini aybladi

Jahon 18:33 / 12.06.2017 4652

Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlov Fathulloh Gulenning FETO tashkiloti tarafdorlari buyrug‘iga ko‘ra o‘ldirilgan. Anqara prokuraturasi shunday xulosaga keldi, deb xabar bermoqda TASS.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, ijrochi Mavlud Mert Oltintosh FETO’ning besh nafar a'zosi bilan aloqada bo‘lgan. Bundan tashqari, tergovchilarning aniqlashicha, qotil fathullohchilardan biri bilan Kiprdagi mehmonxonada uchrashgan, aynan o‘sha yerda Rossiya elchisini qanday o‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma olgan.

Karlov 2016 yilning 19 dekabr kuni Turkiya poytaxtidagi ko‘rgazmaning ochilish marosida otib tashlangandi. Politsiya Oltintoshni yo‘q qildi.

Ko‘proq yangiliklar: