Jarima to‘lamagan haydovchilarning mashinalari jarima maydonlariga olib ketilmoqda

Jamiyat 16:30 / 11.06.2017 21632

Toshkent shahrida videokuzatuv moslamalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklarni sodir etgan va 60 kun davomida belgilangan jarimani to‘lamagan haydovchilarning avtoulovlari jarima maydonlariga olib ketilmoqda.

«Postda» nashri bildirishicha, joriy yil 1 iyun holatiga ko‘ra, 5 ming 627 ta transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan. 

Ma'lum qilinishicha, eng ko‘p qoidabuzarlik (32 marta) sodir etgan B.A. ga tegishli «VAZ-2103» (davlat raqami belgisi 10 J 506 FA) mashinasi ham ayni paytda jarima maydonida saqlanmoqda. 

21 marta qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lashni paysalga solgan «Spark» (davlat raqami belgisi 01 T 885 TA) avtoulovini esa ushlash choralari ko‘rilmoqda. 

IIV nashri qoida buzgan haydovchilarni 60 kundan oshmasdan jarimalarni to‘lashga va yo‘l qoidalariga rioya etgan holda harakatlanishga chorlagan.

Ko‘proq yangiliklar: