Rossiyaning Baykalorti o‘lkasidagi avtohalokatda 8 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 23:18 / 11.06.2017 6641

11 iyunda Rossiyaning Baykalorti o‘lkasida soat 19.00larda "Baykal" federal trassasida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi jarohat olgan.

"Avtobusda 51 kishi bo‘lgan, ulardan 8 nafari halok bo‘lgan, 25 nafari jarohat olgan", deb aytildi xabarda. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.

Ma'lum qilinishicha, avtohalokat Petrovsk-Zabaykale tumanidagi Xoxotuy posyolkasidan 7 km g‘arbroqda, "Baykal" trassasining 702 kilometrida yuz bergan. 

Ta'kidlanishicha, Chita shahriga ketayotgan avtobus yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘daralib ketgan.

Fojia sabablari aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: