«MYu» boshladi. Ilk transfer haqida e'lon qilindi

Sport 03:43 / 11.06.2017 14527

«Benfika» himoyachisi Viktor Lindelef faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi.

Angliya klubi rasmiy saytida ushbu 22 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishilgani haqida rasman ma'lum qilindi.

Endilikda ushbu shvetsiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, Angliyada ishlash huquqini olishi va «MYu» bilan shaxsiy shartnomani kelishishi kerak bo‘ladi.

Bundan oldingi xabarlarda Lindelef uchun «Yunayted» 30 million funt to‘lash aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: