Tillerson Qatar va Fors ko‘rfazi davlatlarini kelishishga chaqirdi

Jahon 00:34 / 10.06.2017 5648

AQSh bosh kotibi Reks Tillerson Fors ko‘rfazi mamlakatlarini Qatar atrofidagi vaziyat tufayli mintaqada eskalatsiyaga yo‘l qo‘ymaslikka, Qatarni esa - qo‘shnilar xavotiriga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. 

"Biz Saudiya Arabistoni Qirolligi, BAA, Bahrayn va Misrni Qatar qamalini bo‘shashtirishga chaqiramiz", - dedi Tillerson Qatar atrofidagi vaziyat yuzasidan bayonot berar ekan. 

"Qamal shuningdek AQShning mintaqadagi va IShIDga qarshi kurashidagi harbiy xatti-harakatlarga ham halaqit beradi", - qo‘shimcha qildi u.

Tillersonning so‘zlariga ko‘ra, qamal AQShning mintaqadagi boshqa mamlakatlardagi faoliyatiga ham halal beradi. 

"Bu qamalning gumanitar asoratlari ham bor. Biz oziq-ovqat yetishmovchiligini ko‘rdik, oilalar majburan ajratildi, bolalar maktabdan qolmoqda. Ishonamizki, bunday salbiy asoratlarni hech kim istamaydi, ayniqsa muqaddas Ramazon oyida ularga shoshilinch choralar ko‘rish kerak", - dedi bosh kotib. 

Ko‘proq yangiliklar: