Braziliya Oliy sudi mamlakat prezidentini iste'foga chiqarmadi

Jahon 13:21 / 10.06.2017 5449

Braziliya Oliy sudi mamlakat prezidenti Mishel Temerni korrupsiya mojarosi bo‘yicha aybdor deb topmadi. Bu haqda Globo xabar qilmoqda.

Avvalroq, politsiya Braziliya prezidenti Mishel Temerning sobiq maxsus yordamchisi va do‘stini korrupsiyaga bog‘liq surishtiruv ishi bo‘yicha qo‘lga olgan edi. 

Bungacha, Oliy sud korrupsiya ishi bo‘yicha prezident Temerni ham so‘roq qilish borasida qaror chiqargan edi. 

Ayrim xabarlarga ko‘ra, sud ixtiyorida, go‘yo Temer parlament quyi palatasi sobiq spikeri Eduardu Kunini pora bilan yollash shartlarini muhokama qilayotganiga doir videoyozuv bor. 

Ma'lumki, aynan Eduardu Kuni sobiq prezident Dilma Russeffga impichment qo‘llash tashabbuskori bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: