«Barselona» libosini kiysang - qamalasan! Saudiya keskin qaror chiqardi

Sport 19:29 / 10.06.2017 26637

Saudiya Arabistoni hukumat Qatar kompaniyasi bilan texnik homiylik bo‘yicha shartnoma imzolagan «Barselona» klubi libosini mamlakatda kiyib yurishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda RT nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, endilikda Saudiyada kataloniyaliklar klubi libosini kiygan kishiga 135 ming yevro jarima miqdorida solinadi va 15 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Saudiya Arabistoni Qatarning terrorchilik guruhlariga yordam berishda va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda ayblab, ular bilan barcha diplomatik aloqalarni uzgandi.

Ko‘proq yangiliklar: