O‘zbekistonlik talabalar va koreyalik ijodkorlar hamkorligida 10ta hujjatli film suratga olinadi

Jamiyat 22:16 / 09.06.2017 5893

Bugun, 9 iyun kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Fan va texnologiyalar agentligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining matbuot xizmati rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi mas'ul xodimlari, boshqarma boshliqlari, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi prorektorlari, yetakchi professor-o‘qituvchilari, iqtidorli yoshlar, hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Bugungi kunda institutda 10dan ortiq xalqaro shartnomalar imzolangan. Shuningdek, Belgiya davlatidagi UNICA tashkiloti bilan TeMPUS-IV dasturining 6-tanlov doirasida “O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida doktorlik ta'limining sifatini oshirish – “UZDOC” xalqaro loyihasining shartnomasiga muvofiq 3 yillik ilmiy-uslubiy izlanishlar natijasida institutda “Doktorlik ta'limi markazi” tashkil qilingan va 16.916.00 yevro miqdoriga teng texnik jihozlar bilan ta'minlangan. Bu sohada ilmiy ishlarni rivojlantirish borasidagi ishlarning yaqqol namunasidir. Hozirda Erasmus+ dasturi doirasida 2ta xalqaro loyiha (“UZDOC-2” va kredit-mobil) ustida ish olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda 1-bosqich talabasi M.Azizova kinemotografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “U” nomli qisqa metrajli filmini Rossiyalik aktyor Dmirtiy Dyujyev bilan suratga olib, Fransiyaning Kann shahrida o‘tkazilgan 70-xalqaro KANN festivalida ishtirok etishga muyassar bo‘lgani e'tirof etildi. 

Bundan tashqari, yaqin kunlarda O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari Koreyalik ijodkorlar bilan hamkorlikda 10 hujjatli film suratga olinishi rejalashtirilgan. 

Matbuot anjumani yakunida institutning mas'ul prorektorlari va professor-o‘qituvchilari OAV vakillarining qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Ko‘proq yangiliklar: