Hindiston va Pokiston ShHTga kirmoqda

Jahon 08:20 / 09.06.2017 12113

Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchi davlatlari yetakchilarining navbatdagi ikki kunlik sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Sammitning asosiy voqeasi tashkilotga Hindiston va Pokistonning kirishi bo‘ladi. Bu ShHTni o‘z tarkibiga kiruvchi davlatlar aholisi soni bo‘yicha eng yirik tashkilotlardan biriga aylantiradi – Shanxay hamkorlik tashkiloti 3 milliarddan ko‘proq insonni, ya'ni Yer sayyorasining deyarli yarmini o‘ziga birlashtiradi.

Sammitning asosiy tadbirlari juma kuni bo‘lib o‘tadi, payshanba kuni esa davlat rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari boshlandi.

Xabarlarga ko‘ra, yetakchilar Tashkilotni rivojlantirish, terrorizm bilan kurash, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, Eronning ShHTga kirish bo‘yicha murojaati masalalarini muhokama etishadi. Bundan tashqari, sammitda Hindiston va Pokistonga Tashkilotdagi to‘la huquqli a'zolik rasman taqdim etiladi.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ushbu sammitni tarixiy, deb atadi.

"Biz xalqaro, mintaqaviy maydonchalar – BMT, Osiyoda o‘zaro harakat va ishonch choralari bo‘yicha Yig‘ilish, ShHTda faol tarzda qatnashmoqdamiz. Bunga yorqin misol – ShHTdagi hamkorligimiz. Siz bilan biz tashkilotning tarixiy yig‘ilishida qatnashamiz, u Hindiston va Pokistonning qo‘shilishi tufayli kengayadi", - degan Nazarboyev Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan muzokaralari davomida.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha hammasi bo‘lib 11 ta hujjat imzolanadi. Ular orasida – Ostona deklaratsiyasi, ekstremizga qarshi kurashish bo‘yicha Konventsiya va yetakchilarning xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma bayonoti bor.

Ko‘proq yangiliklar: