Barcha davrlarning eng buyuk filmi nomi ma'lum qilindi

Jamiyat 17:00 / 09.06.2017 29607

Empire jurnali o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, barcha davrlarning eng yaxshi filmi, deb Frensis Koppolaning 1972 yilda suratgan olingan “Cho‘qintirgan ota” kartinasi tan olindi.

Reytingda ikkinchi o‘rinni Jorj Lukasning 1980 yilda tasvirga olingan “Yulduzlar jangi: 5-Qism – Imperiya javob zarbasini bermoqda” filmi egalladi. Uchinchi pog‘onada Kristofer Nolanning 2008 yildagi “Qora ritsar” kartinasi qayd etildi. 

Shuningdek, top-10likdan “Shoushenkdan qochish”, “Kriminal asar”, “Zo‘r yigitlar”, “Indiana Jons: Yo‘qotilgan kemani izlab”, “Jag‘lar” va “Uzuklar hukmdori: Uzuk birodarligi” joy oldi.

Ta'kidlanishicha, so‘rovda 20 ming kishi ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: