AQSh vakili Raqqada qancha jangari borligini ma'lum qildi

Jahon 07:54 / 09.06.2017 8691

IShID terrorchilik guruhining Suriyadagi Raqqa shahrini mudofaa qilayotgan jangarilari soni 2,5 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi, deb aytdi jurnalistlarga AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning rasmiy vakili Rayan Dillon.

"Hozir bizning baholashimizcha, Raqqada raqibning 2500 jangarisi bor", deb aytgan Dillon.

Raqqa 2013 yildan IShID nazoratida bo‘lib, bu shahar terrorchilarning Suriyadagi norasmiy poytaxti hisoblanadi. 2016 yilda koalitsiya shaharni ozod qilish operatsiyasi boshlanishini ma'lum qilgan. Bir necha oydan beri Raqqa yaqinida janglar olib borilmoqda. Jangarilar bilan AQSh maxsus kuchlari va aviatsiyasi yordamida suriyalik kurdlar otryadlari jang olib bormoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: