Poroshenko Donbassdagi konlar ustidan nazoratni qaytarishini ma'lum qildi

Jahon 17:12 / 08.06.2017 8468

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyev Donbassdagi antratsit konlari ustidan nazoratni qaytarishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.

«Biz aniq ishonamizki, bosib olingan hududlarni ozod qilamiz, biz Ukrainaning antratsit konlarini qaytaramiz hamda nima samarali bo‘lishi va qanday ko‘mirdan foydalanishni tanlaymiz», - deya ma'lum qilgan prezident Tripol IESda chiqish qilib. «112 Ukraina» telekanali uni efirga uzatgan.

Poroshenkoning ta'kidlashicha, ayni damda Zmiyov IES energobloklarining modernizatsiyasi yakunlangan.

Avvalroq, Ukraina energetika vazirligi 2019 yilga kelib ko‘mirning antratsit guruhidan butunlay voz kechish borasida rejalarga ega ekani haqida ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: