«MYu» endi Italiyadan futbolchi sotib olmoqchi

Sport 20:27 / 08.06.2017 11658

Italiyaning «Roma» klubi «Liverpul» bilan Muhammad Salohning transferi bo‘yicha kelisha olmasa, Rajja Nainggolanni «Manchester Yunayted»ga sotishiga to‘g‘ri keladi, deb yozmoqda  Mediaset Premium nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, rimliklar moliyaviy feyr-pley talablari balansini ushlab turish va qoidalariga amal qilishi uchun 30 iyunga qadar 30 million yevro ishlab topishi kerak bo‘ladi.

«Liverpul» Saloh uchun 32 million yevro va qo‘shimcha bonusilar to‘lashi va ortiqcha xarajat qilmasligini bildirgan. «Roma» esa hozirda 40 million yevro talab qilmoqda. Agar savdo amalga oshmay qoladigan bo‘lsa, rimliklar Nainggolanni «MYu»ga 40 million yevrodan biroz qimmatroq narxga pullashiga to‘g‘ri keladi.

29 yoshli belgiyalikning o‘zi «Roma»da qolishni va yillik maoshi 1 millionldan 4,8 million yevroga qadar oshirilishini istamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: