Messi faoliyatining oxirigacha «Barselona» safida qolmoqchi

Sport 18:02 / 08.06.2017 6701

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Kataloniya klubi safida yakunlash istagida ekanini aytdi. Buni jamoa rahbariyati va muxlislar ham xohlamoqda.

«Jon deb faoliyatimni «Barselona» safida yakunlagan bo‘lardim. Bu men har doim xohlagana va orzu qilgan maqsadlarimdan biri», — deya Messining so‘zlarini keltiradi ESPN.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Messi «Barselona» bilan yangi shartnoma borasida kelishib olgani xabar qilingandi. Qayd qilinishicha yangi shartnoma «3+1» ko‘rinishida itmzolanadi. Uning tovon puli miqdori 250 mlndan 400 mln. yevroga qadar oshiriladi. Yangi shartnoma shartlari 30 iyundan keyin e'lon qilinishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: