"O‘zbekkonsert" shaxsni madh etuvchi qo‘shiqlarni kuylashni taqiqladi

Jamiyat 00:47 / 07.06.2017 74169

Kuni kecha "O‘zbekkonsert" davlat muassasasida O‘zbekiston san'at va madaniyat vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda madaniyat vaziri o‘rinbosari Minxojiddin Hojimatov, "O‘zbekkonsert" rahbari vazifasini bajaruvchi Azamat Haydarov hamda ko‘plab san'at va madaniyat arboblari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishdan maqsad san'at va madaniyat ahlini  Prezidentning madaniyat sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangi qarori bilan yaqindan tanishtirish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashish, takliflarni eshitish bo‘lgan. 

Shuningdek yig‘ilishda ba'zi xonandalarning shaxsga nisbatan, xususan prezident Shavkat Mirziyoyevni madh etib kuylagan qo‘shiqlari tanqid qilinib, ularning o‘rniga vatanparvarlik va yurtga bo‘lgan mehr-muhabbatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar kuylanishi tavsiya qilingan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ba'zi xonandalarning prezident faoliyatiga taalluqli videolardan, shuningdek badiiy normalarga nomuvofiq matnlardan foydalanilgan kliplari tarqaldi. Bunday xonandalarga nisbatan tushuntirish ishlari olib borildi. 

"O‘zbekkonsert" vakilining so‘zlariga ko‘ra, xonandalarga shaxsga nisbatan qo‘shiq kuylashdan oldin, u kim bo‘lishidan qat'i nazar, o‘sha insonning roziligini olish kerakligi tushuntirilgan.
 

Ko‘proq yangiliklar: