Myanmada yuzdan ortiq kishi bo‘lgan samolyot dengizga qulagan

Jahon 17:40 / 07.06.2017 15745

Myanmada radarlardan yo‘qolgan harbiy samolyot qulab tushgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 105 harbiy va ekipajning 11 a'zosi bo‘lgan samolyot bo‘laklari dengizdan topildi.

"Kutilmaganda soat 13:35da (Toshkent vaqti bilan soat 12:35) aloqa uzildi. Bu vaqtda samolyot Tavoy shahridan taxminan 20 milya masofada bo‘lgan", deya Myanma armiyasi rahbarining so‘zlarini keltirgan agentlik.

Samolyot mamlakat janubidagi Mey shahridan poytaxt Yangon shahriga uchayotgan bo‘lgan. Andaman dengizi ustida uchayotganida samolyot halokatga uchragan. Hukumat qidiruv-qutqaruv amaliyotiga flot va aviatsiyani jalb qildi.

Frans Press ma'lumotiga ko‘ra, samolyot harbiy xizmatchilarning oilalarini olib ketayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: