Ukrainaliklar yangi Ukrainians ijtimoiy tarmog‘idan ro‘yxatdan o‘ta boshlashdi

Fan-texnika 21:38 / 06.06.2017 5651

Ukrainaning yangi Ukrainians ijtimoiy tarmog‘ida 24 mingdan ziyod kishi ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdi. Biroq hozircha registratsiya va suratni almashtirishdan boshqa hech qanday funksiyalardan foydalanish imkoni yo‘q. 

Ukrainada "VKontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlariga kirish taqiqlab qo‘yildi. Kanadaning dasturiy ta'minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi StartupSoft kompaniyasi dasturchilar guruhi Ukrainaga Ukrainians ijtimoiy tarmog‘ini yaratish taklifini bergandi. Ukrainaliklar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlariga ega bo‘lish taklifini ma'qullashdi -  loyihani ishga tushishi uchun kerakli bo‘lgan 50 ming kishi o‘rniga 66 mingdan ortiq kishi imzoladi. 

Yangi ijtimoiy tarmoqning Facebook'dagi sahifasida Ukrainians'dan ro‘yxatdan o‘tish ochiq ekani aytilgan

Foydalanuvchilar akkauntni Facebook ijtimoiy tarmog‘idan olingan ma'lumotlar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Bugunga qadar registratsiyadan o‘tganlar soni 24,5 mingdan ziyod kishini tashkil qilgan. Saytda ta'kidlanishicha, Ukrainians'da 100 mingdan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tsagina "yangiliklar" va "do‘stlar" funksiyalari faollashadi. 

Ko‘proq yangiliklar: