"U sizga Dimon emas-2": internetda Medvedevni korrupsiyada ayblovchi yangi video paydo bo‘ldi

Jahon 21:59 / 06.06.2017 36064

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga tegishli hashamatli uy haqida yana bitta videorolikni namoyish qildi. Ushbu maskan Moskva viloyatidagi Rublyovkada joylashgan. 

Jamg‘armaning ma'lum qilishicha, ushbu maskanni Medvedev bilan bog‘liq tuzilmaga rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov sovg‘a qilgan.  

Ushbu maskan Ijtimoiy muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tegishli bo‘lib, bu jamg‘armaga Medvedevning kursdoshi Ilya Yeliseyev rahbarlik qiladi.

Navalniy jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, uy 5 mlrd rubl turadi. Yangi videoda maskanda avval namoyish qilinmagan inshootlar, jumladan hammomxona majmuasi va ko‘plab haykallarni ko‘rish mumkin. 

31 may kuni Moskva shahri Lyublino tuman sudi Navalniy va uning jamg‘armasi zimmasiga Medvedevning hashamatli hayot kechirishi tergov qilingan "U sizga Dimon emas" deb nomlangan filmni ijtimoiy tarmoqlardan o‘chirib tashlashni yuklagandi.

Bunday qarorni sudya Marina Vasina Alisher Usmonovning Navalniyga qarshi arzini qanoatlantirish vaqtida qabul qilgan.

Biroq Navalniy tvitterda bu filmni o‘chirib tashlash niyati yo‘qligini ma'lum qilgan. Uning jamg‘armasi xodimi Georgiy Alburov jamg‘arma Usmonov ismi eslab o‘tilgan o‘zining barcha bloglari va ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalarini o‘chirmasligini tasdiqlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: