Turanning jurnalist bilan janjali termadagi faoliyatini yakunlash bilan yakunlandi

Sport 22:17 / 06.06.2017 11228

«Barselona»ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turan  Turkiya termasi bilan Makedoniyaga qarshi o‘yindan keyingi parvoz vaqtida samolyotda janjal chiqardi.

Terma jamoa sardori jurnalist Bilol Mesheni haqoratlagan, keyin uni bo‘g‘gan. Turan ushbu jurnalist terma jamoa futbolchilarining 2016 yilgi Yevropa chempionatidagi ishtirok uchun berilgan mukofot pullari bo‘yicha yozgan materialiga shunday munosabat bildirgan, u jurnalistni yolg‘onchilikda ayblagan. Endilikda Meshe futbolchini sudga bermoqchi.

Ushbu janjaldan so‘ng futbolchi terma jamoadan vaqtinchalikka chetlatilgandi. Ko‘p o‘tmasdan Turan Turkiya terma jamoasida boshqa o‘ynamasligi haqida ma'lum qildi.

«Men terma jamoa libosida ko‘p xato qildim. Endi mening xalqaro maydondagi faoliyatim yakuniga yetdi», — degan Turan matbuot anjumanida.

Ko‘proq yangiliklar: