Kurdlar Raqqa qamalini boshladi

Jahon 15:12 / 06.06.2017 9616

Kurdlarning «Suriya demokratik kuchlari» (SDF) guruhi otryadlari va AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Suriyaning Raqqa shahrini IShIDdan ozod etish uchun qamal boshladi. Bu haqda  Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlik xabariga ko‘ra, ayni vaqtda shaharning sharqiy qismidagi hududda janglar davom etmoqda. Kurd harbiy bo‘linmalari IShIDning Raqqa shimolidagi harbiy bazasiga ham hujum uyushtirgan. Tashkilot rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli yurishda koalitsiya tarkibidagi ittifoqchilarning harakatlari ahamiyatli bo‘ldi: samolyotlar IShID pozitsiyalariga zarbalar bermoqda, shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar kurdlar bilan yelkama-yelka turib jang qilmoqda.

Raqqa — 2014 yilda IShID tomonidan bosib olingach, poytaxtga aylantirilgandi. Raqqaning ozod etilishi xalqaro kuchlarning asosiy maqsadiga aylangan.

Ko‘proq yangiliklar: