Italiyada Ronalduga «Yuventus» darvozasiga urgan ikki goli uchun bepul qahva taklif qilishdi

Sport 18:08 / 06.06.2017 13161

Neapol shahridagi qahvaxonalardan biri Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduga YeChL finalida «Yuventus» darvozasiga urilgan ikkita gol uchun bepul qahva taklif qildi. Bu haqda Real Madrid Info xabar bergan.

«Yuventus» libosida ko‘chaga olib chiqib qo‘yilgan manekenga portugaliyalikka atalgan yozuvlar bo‘lgan qog‘oz osib qo‘yildi.

«Ronaldu, agarda bu yerga kirsang, bepul qahva ichishing mumkin», - deyiladi futbolchiga atalgan xabarda.

«Yuventus»ga bag‘ishlangan boshqa bir yozuvda esa shunday deyiladi: «Ular faqatgina Italiyada o‘g‘irlik qilishlari mumkin. Yevropada esa o‘xshamaydi».

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Madridning «Real» YeChL finalida «Yuventus»ni tor-mor keltirdi hamda bu musobaqada qatorasiga ikkinchi bor zafar quchgan ilk klubga aylandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: