Xitoyda haydovchisiz tramvay harakatlana boshladi

Fan-texnika 20:50 / 06.06.2017 9339

Xitoyning CRRC transport kompaniyasi relslarsiz yura oladigan haydovchisiz tramvayni namoyish qildi. Bu yangi transport vositasi avtobus va tramvayga xos ijobiy jihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, deb xabar bermoqda Mashable nashri.

Tramvayga qo‘shimcha vagonlar ulash mumkin. Uni boshqarish uchun haydovchi talab qilinmaydi.

Gibrid transport ko‘chalar bo‘ylab maxsus ajratilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlana boshladi.

Transportda yo‘l belgilarini qayd qiluvchi sensorlar o‘rnatilgan. Tramvay o‘z ichiga 300 yo‘lovchini sig‘dirishi mumkin va 70 km/soat bilan harakatlana oladi.

Ko‘proq yangiliklar: