Dunyoning eng qimmatbaho brendlari ma'lum qilindi

Fan-texnika 17:13 / 06.06.2017 16193

Dunyoning eng qimmatbaho brendlari reytingini besh IT-kompaniya boshqardi: Google, Apple, Microsoft, Amazon va  Facebook. Eng qimmatbaho brendlar top-10 ro‘yxatini taqdim etgan Britaniyaning Kantar Millward Brown kompaniyasi hisob-kitoblarining natijalari shundan dalolat bermoqda. Tadqiqot yakunlariga oid ma'lumot kompaniya matbuot relizida taqdim etildi.

The BrandZ Global Top 100 beshligidagi brendlarning umumiy qiymati reytingdagi barcha ishtirokchilar sonining 25 foizini tashkil qiladi.

Manbaga ko‘ra, yetakchi brend - Google 245,6 milliard dollarga baholangan, bu bir yil avvalgi natijadan 7 foizga ko‘p. Apple o‘z qiymatini 3 foizga oshirib, 234,7 milliard dollarga baholandi. Microsoft narxi esa 18 foizga oshib, 143,2 milliard dollarni tashkil qildi. Eng katta o‘sish ko‘rsatkichlari Amazon tomonidan qayd qilindi: bir yil ichida brend qiymati 41 foizga oshdi. Facebook brendi bahosi esa 27 foizga oshdi.

O‘ntalikdan shuningdek Amerikaning AT&T, Visa telekommunikatsion kompaniyalari, Xitoyning Tencent IT-kompaniyasi (WeChat messenjeri egasi), IBM va McDonald’s kompaniyalari o‘rin olgan.

Birinchi marta reytingda pulli televideniye operatorlari paydo bo‘ldi: Comcast (23-o‘rin), YouTube (65-o‘rin), HP (76-o‘rin), Salesforce (Force.com va Database.com; 90-o‘rin), Netflix (92-o‘rin), shuningdek Snapchat (93-o‘rin) va Sprint telekom-provayderi (96-o‘rin).

 

Ko‘proq yangiliklar: