Avtomobil sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshadi

Fan-texnika 11:30 / 06.06.2017 19511

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 iyun kuni “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorni imzoladi.

Prezident O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish dasturini tasdiqladi.

Dasturga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ 2021 yilga qadar tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshiradi. Dastur doirasida 800 mln dollarlik sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga oshadi.

Ko‘proq yangiliklar: