Yangi tuzilgan Majburiy ijro byurosiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 19:43 / 06.06.2017 71924

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 6 iyundagi farmoniga asosan, Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xushnudbek.uz» xabar berdi.

Bungacha Botir Qudratxo‘jayev Toshkent shahar prokurori sifatida faoliyat yuritayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 29 maydagi Prezident farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: