Toshkentda yuzlab kishilar talabani kaltaklagan bezorilarni jazolash so‘ralgan petitsiyani imzolashdi

Jamiyat 16:00 / 04.06.2017 94482

Borovskiy nomidagi Toshkent shahar tibbiyot kollejining 17 yoshli talabasi Jasurbek Ibrohimov shu kollej talabalari do‘pposlagani oqibatida vafot etgani voqeasi kunning dolzarb mavzusiga aylandi.

3 iyun kuni bu xabar internet nashrlarida tarqalgach, shange.org saytida Jasurbek Ibrohimovni o‘lasi qilib kaltaklaganlarni jazolash so‘ralgan petitsiya paydo bo‘ldi.

Bugun esa Toshkent shahridagi Do‘stlik (sobiq Bobur) bog‘i hududida aybdorlarni jazolash talab etilgan petitsiyani imzolash uchun yuzlab kishilar yig‘ilgan. Ularning murojaati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri nomiga yo‘llangan.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev yig‘ilganlarga holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov ishlari olib borilayotgani haqida ma'lumot bergan.

Jasurbek Ibrohimovni kaltaklagan bezorilarni jazolashni so‘rab petitsiya boshlandi

Suratlar muallifi @hikmatullau (Tvitter) 

Ko‘proq yangiliklar: