«Real» ketma-ket ikki marta YeChL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi

Sport 01:57 / 04.06.2017 29332

Yevropa chempionlar ligasning finalidan o‘rin olgan uchrashuv nihoyasiga yetdi va unda «Yuventus» va «Real» jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.

Krishtianu Ronalduning dubli, Kazemiro va Marko Asensioning gollariga Mario Mandjukich bitta gol bilan javob qaytardi va natijada «Real» ketma-ket ikkinchi marta YeChL bosh sovrinini qo‘lga kiritdi va bu natijaga erishgan ilk jamoaga aylandi. Shuningdek bu jamoaning musobaqadagi 12-g‘alabasi bo‘ldi.

YeChL. Final

Yuventus (Italiya) – Real (Madrid Ispaniya) 1:4 (1:1)
Gollar: 
Mandjukich (27) – Ronaldu (20, 64), Kazemiro (61), Asensio (90).
Yuventus: Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bartsali (Kuadrado, 66), Pyanich (Markizio, 70), Xedira, Dani Alves, Mandjukich, Iguain, Dibala (Lemina, 78).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Morata, 89), Kazemiro, Isko (Asensio, 82), Modrich, Ronaldu, Benzema (Beyl, 77).
Ogohlantirishlar: Dibala (12), Ramos (31), Karvaxal (42), Kroos (53), Pyanich (66), Aleks Sandro (70), Kuadrado (72).
Chetlatish: Kuadrado (84).

Ko‘proq yangiliklar: