Pokiston-Hindiston chegarasida 5 nafar hind harbiysi halok bo‘ldi

Jahon 15:20 / 04.06.2017 9113

Jammu va Kashmir buhsli hududi chizig‘ida Pokiston harbiylarining javob hujumi natijasida 5 nafar hind askari halok bo‘ldi. Bu haqida Pokiston HK Bosh shtabi ma'lumotiga asoslanib, "Anadolu" agentligi xabar berdi. 

Voqea Tata Pani hududida ro‘y bergan. Hind harbiy xizmatchilari orasida jarohatlanganlar bor. 

Manbaga ko‘ra, Pokiston harbiy kuchlari xatti-harakatlari hind tomonning o‘q uzishiga javoban amalga oshirilgan. Natijada 2 nafar tinch aholi vakili ham jarohatlangan. 

Hindiston tomon ushbu voqea yuzasidan hech qanday bayonot bermadi. 

Kashmir hududi 1947 yildan buyon (ikki mamlakat Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lganidan so‘ng) Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lib qolmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: