Menga qolsa uni abadiyga jamoada qoldirardim - Peres

Sport 12:00 / 04.06.2017 14575

2016 yilning yanvaridan buyon «Real»ni boshqarib kelayotgan Zinedin Zidan murabbiy sifatida jamoa uchun barcha ishni qildi va u bilan shartnomani uzaytirish borasida hech qanday muammo bo‘lmaydi. Madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres shunday degan.

«Real» shanba oqshomida Kardiffda o‘tkazilgan «Yuventus»ga qarshi YeChL finalida 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Zidan va jamoa turnir qayta nomlangan 1991 yildan buyon Yevropadagi bosh kubokka qatorasiga ikki mavsumda ega chiqqan ilk klubga aylandi.

Bundan tashqari, «Real» yakunlangan mavsumda Ispaniya chempioni bo‘lgandi.

«Zidan - «madridistalar» minnatdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ishlarni qildi. U 17 oy ichida hech kim qila olmagan ishlarni uddaladi. U «Real»da qolishiga ishonchi komil emasligini aytganmidi? U bosim ostida bo‘lmaslik uchun shunday degan. U hali hech narsa yutmaganini ham aytgandi, mana yutdi. Biz Zizu bilan shartnoma bo‘yicha gaplashamiz, bu borada hech qanday muammo bo‘lmaydi. Menga qolsa, uni abadiyga jamoada qoldirardim», - deya Peresning so‘zlarini keltirgan Football Espana.

Zidanning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yil yoziga qadar tuzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: